Hind tili, hindiy

Hind tili, hindiy — hind tillaridan biri; Hindistonning rasmiy tili va Hindistonda tarqalgan asosiy adabiy tillardan biri. Uttar-Pradesh, Madhya-Pradesh, Hariyana, Bihar, Rajasthan, Himachal-Pradesh shtatlarida hamda Dehli ittifoqiy hududida tarqalgan. Unda 250 millionga yaqin kishi so’zlashadi (o’tgan asrning oxirlari). Hind tili lahjalari struktura jihatidan farqlanuvchi 2 guruhga ajraladi: khari bo’li, hariyani, braj, kanao’ji, bundeli lahjalaridan iborat g’arbiy guruh va avadhi, bagheli, chhat-tisgarhi lahjalaridan iborat Sharqiy guruh. Yaqin qarindosh tillar orasida Hind tili ham geografik, ham tipologik jihatdan Markaziy o’rinni egallaydi: g’arbroqda joylashgan tillarga qaraganda Hind tilida eski flektiv shakldar kamroq, ayni paytda unda agglyutinatsiya Sharqiy (masalan, Bengal tili) tillardagidek rivojlanmagan. Fonetikasida unlilarning cho’ziqligi va burunlashuvi (nazalizapimsi) ma’no farqlash xususiyatiga ega. Undoshlar, aksari hind-oriy tillaridagi kabi, 5 lokal qator bo’yicha taqsimlanadi. Morfologiyasida otlarning ko’makchilar yordamida yasaladigan va fe’llarning yordamchi fe’llar bilan hosil qilinadigan analitik shakllari ko’plab uchraydi. Hind tilida sanskrit tilining lug’aviy va so’z yasovchi vositalari keng qo’llanadi. Shu jihati bilan Arabcha va forscha lug’aviy va boshqa unsurlar qo’llanadigan urduldan farq qiladi. Khari bo’li (hipdistoniy) lahjasiga asoslangan hozirgi Hind tili 19-asrdan shakllana boshlaydi. Hind tilidagi zamonaviy nasrning asoschisi Bharatepdu Harishchandra (1850-85) hisoblanadi; she’riyat ham 19-asr oxirida shakllangan. Hind tili devanigari yozuvidan farqlalanadi. Ad.: Katemina T.G.. Yashk Xindi, M., 1960; Chernshsi V. A. Dialekgm i litsragurnii Xindi, M., 1964; hindiycha- Uzbekcha lug’at (O.Shomatoi va boshqalar). Dshli, 2003. Ansoriddin Iorohimov.