Hisor vodiysi

Hisor vodiysi – Tojikiston Respublikasining g’arbidagi tog’lararo botiq. Hisor tizmasining Janub chekkasi va Bobotog’ bilan Qoratog’ning shimoliy chekkalari orasida. Uzunligi 115 kilometr. Eng keng joyi 20 kilometr. Balandligi 700-1000 metr. Janubdan Afg’on — Tojikiston botig’idan deyarli meridian yo’nalish bo’ylab cho’zilgan tizmalar bilan o’ralgan. Yer yuzasi vodiydan oqib o’tuvchi Kofarnihon, varzob, Dushanba, Xonaka, Iloq va boshqalar. Daryo terrasalari va yoyilma konuslaridan iborat. Vodiy tektonik botiqda joylashgan bo’lib, mezokaynozoy davri cho’kindi tog’ jinslari bilan to’lgan. Hisor vodiysi atrofi tog’lar bilan o’ralganligi sababli iqlimi ancha yumshoq. Yozi issiq va quruq. qishi qisqa va iliq. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -0,7°, g, iyulniki 28°. Yillik yog’in 500-600 mm. Vodiyda, asosan, to’q bo’z tuproqlar tarqalgan; cho’l, chalacho’l va dasht o’simliklari, Daryo bo’ylarida turli daraxtlar o’sadi. Hisor vodiysi hududi deyarli o’zlashtirilgan va bu yerda madaniy landshaftlar keng tarqalgan. Daryolarning quyi qismlaridagi botqoqli to’qayzorlar ham quritilib, ekinzorlarg’a aylantirilgan. Vodiy yer resurslaridan unumli foydalanish maqsadida katta Hisor kanali qurilgan. Paxta, kunjut, galla, poliz ekinlari yetishtiriladi, mevali bog’lar barpo qilingan, tog’yon bag’irlarining 1200-2000 metr balandliklari subtropik dashtlardan iborat. Butazorlar, daraxtzorlar bor. O’zlashtirilgan yerlarida g’alla ekinlari ekiladi, mevali daraxtlar o’stiriladi, undan balandda subalp va Alp o’tloqlari uchraydi. Hisor vodiysida Tojikiston Respublikasi poytaxti — Dushanba, shuningdek, Tursunzoda, Vaxdat (sobiq Orjonikidze) shaharlari joylashgan.