IBN AL-QIFTIY

IBN AL-QIFTIY, Jamoluddin Abulhasan Ali ibn Yusuf Ibrohim ibn Abdulvohid ash-Shayboniy al-Qiftiy (1172, Qift — 1248, Halab) — Arab tarixchisi, adibi va davlat arbobi. Qohirada fiqh, huquq, adabiyot, ilmi nujum, handasa, tabobat, mantiq va tarix buyicha ta’lim olgan. 1187 yil otasi bilan Quddusga ko’chib kelgan. Bu erda Qohirada olgan bilimlarini yanada takomillashtirib, kelgusida yozadigan asarlari uchun manbalar to’plagan. Taxminan 1201 yil Quddusda siyosiy vaziyat yomonlashgani boisidan otasi bilan Harron (Mesopotamiyada) ga ko’chib o’tgan. 1213 yil Halab hokimi uni moliya ishlari devoni boshlig’i etib tayinlab, unga «Al-Qoziy al-Akram» («eng saxovatpeha qozi») faxriy unvonini in’om etgan. Bu mansabda u davlat manfaatlari yo’lida xizmat qilish bilan birga yirik olimlarga ham homiylik qilgan, chunonchi mo’g’ullar bosqini tufayli O’rta Osiyodan qochib kelgan yoqut Hamaviyga boshpana berib, moddiy yordam ko’rsatgan. 1236 yil Halab hokimi tomonidan vazir etib tayinlagan Ibn al-Qiftiy umrining oxiriga qadar shu mansabda ishlagan. Ibn al-Qiftiy 20 ga yaqin asar yozgan, ulardan bizgacha yetib kelganlari orasida eng muhimi — «kitob ixbor al-ulamo bi- Axbor alhukamo» («hakimlar xususidagi xabarlar bilan olimlarni tanishtirish alhukamo» («hakimlar tarixi») nomi bilan mashhur. Unda qadim zamonlardan to muallif davriga qadar yashab o’tgan 414 olimning tarjimai holi berilgan bo’lib, ularning talaygina qismini Huroson va Movarounnahr olimlari tashkil qilgan. Mazkur asar Leypsig (1903) va Qohira (1908) da nashr etilgan.