IBN MISKAVAYH ABU ALI IBN MUHAMMAD

IBN MISKAVAYH ABU ALI IBN MUHAMMAD (? — 1030) — arabnavis tarixchi, faylasuf, adib va tabib. Umumjahon tarixiga oid «kitob tajorib al-umam» («Xalqlar tajribalari Kitobi») nomli asar yozgan. Unda jahon xalqlari, jumladan arablarning 10-asr 80-yillariga qadar tarixi bayon qilingan bo’lib, asarning so’nggi qismida Arab xalifaligining 10-asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Ilmi axloq va hikmatga doir «kitob at-tahora» («tahorat kitobi»), «Tahziyb al-axloq» («axloqni tuzatish») nomli asarlar ham Ibn Miskavayn kalamiga mansub. U Arab, fors, hind va yunon donishmandlari aytgan hikmatlar to’plamini ham tuzgan. Ibn Miskavayn asarlari ta’sirida Islom dunyosida o’nlab axloqiy-didaktik asarlar (jumladan, Nasriddin Tusiyning «Axloqi nasriy») yozilgan.