IBN XALLIKON AHMAD IBN MUHAMMAD IBN SHAMSUDDIN ABULABBOS ALBAR-MAKIY AL-ARBILIY ASH-SHOFI’IY
IBN XALLIKON AHMAD IBN MUHAMMAD IBN SHAMSUDDIN ABULABBOS ALBAR-MAKIY AL-ARBILIY ASH-SHOFI’IY (1211.23.9, Arbil – 1282.21.10) -Iroqlik Arab tarixchisi. Halab va Damashqda tahsil ko’rgan, Qohirada o’qigan (1238). 1261 yil Damashqqa qozi-Kalon qilib tayinlangan. Keyinchalik Qohira qozikaloni yordamchisi va «Alfaxriyya» va boshqa madrasalarda dars bergan. 1256-74 yillarda «Vafayot ul-a’yon va anbo’ abno’iz-zamon» («mashhur kishilar vafoti va zamondoshlar haqida xabarlar») nomli yirik asar yozgan. Unda mashhur olim va adiblar tarjimai holi (xususan, movarounnahrlik olimlar to’g’risida), Huroson va Movarounnahrda Arab xalifaligi davrida ro’y bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar (Muqanna voqeasi va boshqalar), xalifalikdan ajrab chiqqan sulolalar (Tohiriylar, safforiylar, somoniylar) tarixiga oid, shuningdek, yaqin va O’rta Sharqning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Bu asar Gyottingen (1835-43), Parij (1838-42), Qohira (1892), Teqron (1867) va Istanbul (1863) da nashr etilgan.