ICHAK BURALISHI

ICHAK BURALISHI – ichak tutilishining bir xili. Bunda ichak tutqichi bilan birga buralib qolib, undagi tomir va nervlar qisiladi, natijada ichakning shu qismida qon aylanishi va innervasiya buziladi. Ayni vaqtda ichak berkilib, ichidagi massa va gaz o’tmay qoladi. Ichak buralishiga gumon tug’ilganda (qorin to’satdan qattiq og’rib, ich kelmaganda va el chiqmay, ich dam bo’laverganda) bemorni tezda kasalxonaga yotqizib, operatsiya qilish kerak.