ICHAK TAYOQCHASI
ICHAK TAYOQCHASI — odam va hayvonlar ichagida yashaydigan harakatchan bakteriya. Bo’yi 1-2 MK. Ichak bakteriyalari guruhiga kiradi (bu guruh ich terlama, paratif, salmonellyoz, dizenteriya va boshqa kasalliklar bakteriyalarini o’z ichiga oladi). Ichak tayoqchasi., odatda, kasallikka sabab bo’lmaydi, ammo o’t pufagiga, buyraklarga, qovuqqa kirganda shu a’zolarni yallig’lantira oladi. Najasda talaygina Ichak tayoqchasi bo’ladi.