Ichkari

Ichkari — musulmon mamlakatlarida ayollarni nomahram erkaklarga ko’rsatmaslik maqsadida to’silgan qovlining ichki qismi, ichki hovli. Ichkarida, asosan, ayollar va bolalar yashagan. O’rta Osiyo xalqlari me’morligida uy-joy tuzilishining ajralmas qismi. Tashqi hovlining uzviy davomi. Ichkari o’rta asrlarda shariat qoidalariga ko’ra, ayollar va balog’atga yetgan qizlar istiqomat qiladigan joy hisoblangan. Unda yotoqxona, oshxona, omborxona va boshqalar joylashgan. Tashqari hovlida erkaklar yashagan. Ichkari va tashqari hovli o’rtasida eshik bo’lib, bundan begona erkaklarning kirishi qat’iyan taqiqlangan. Xonadonning Ichkari va tashqariga bo’linishi xon saroylaridagi haramdan tortib, kambag’al kishilarning hovlilarigacha xos edi. Kosib, dehqon, hunarmandlar, juda bulmaganda, o’z kasbikori uchun ajratilgan binoning hovli tomonini biror narsa bilan to’sib Ichkariga ajratardi.