ICHKI DENGIZLAR

ICHKI DENGIZLAR – quruqlik ichkarisidagi va okean yoki yondosh dengiz bilan bir yoki bir necha bo’g’ozlar orqali tutashgan dengizlar. Ular quruqlik ta’sirida bo’ladi, ayrim dengizlarda yuza suvlari daryo oqimi hisobiga chuchuk (masalan, Boltiq dengizi, qora dengiz, Azov dengizi), boshqa dengizlarda quruq iqlimning ta’siri natijasida va bug’lanish katta bo’lgan materik oqimining ta’siri kam bo’lgani uchun yuza suvining sho’rligi yuqori (masalan, qizil dengiz, O’rta dengiz). Ichki dengizlarda yuza suvlarining tsiklonal dirkulyatsiyasi yopiq. Gidrologik rejimining xususiyatiga ko’ra, o’rta dengizlar va chala yopiq dengizlarga bo’linadi.