ICHKI NUTQ
ICHKI NUTQ — 1) kishining o’z- o’ziga qaratilgan (ko’pgina hatti-harakatini rejalashtirish maqsadidagi) nutqi, ovozsiz ichki mulohaza. Bu ichki kodga muvofiq, oshkora tovushsiz amalga oshiriladi; 2) tovushsiz artikulyar harakat («ichda gapirish»). Ichki nutqni o’rganish, tajriba asosida qayd etish til va tafakkur, til va nutq, fikrlash shakli hamda nutqni idroklashni tadqiq etishga imkon beradi. Ichki nutq tilshunoslar, psixologlar va fiziologlar tomonidan tadqiq etiladi.