IDALGO

IDALGO (ispancha hidalgo) — o’rta asrlarda Ispaniyadagi ritsarlarning mayda va o’rta tabaqasi. «Idalgo» istilohi 12-asrning oxirida paydo bo’lgan. Rekonkista davrida Idalgolar muhim harbiy kuch sanalgan. 15-asrdan Idalgolar qashshoqlasha boshlagan. 16-asrda Idalgolar Amerika qit’asini bosib olishda — konkistala faol ishtirok etganlar.