IDIOMORFIZM

IDIOMORFIZM (Yunoncha idios — o’ziga xos va morphe — shakl) — minerallarning o’ziga xos kristallografik shaklga ega bo’lishi. Idiomorfizmni fanga nemis petrografi G. Rozenbush (1887) kiritgan. Tog’ jinslarida ko’pincha granatlar, dala shpatlari, amfibollar, avgit, kvars, nefelin va boshqalar, rudalarda esa pirit, Arsenopirit va boshqalar. Idiomorf, qisman shakli yo’qolgan bo’lsa gipidiomorf va butunlay shaklsiz bo’lsa ksenomorf deb ataladi. Mineralning Idiomorfizm darajasi uning kri-stallanish xususiyati va magmadan ajralib chiqishi vaqtiga bog’liq. Idiomorf minerallar magmadan birinchi bo’lib kristallanadi. Minerallarni aniqlashda Idiomorfizmning ahamiyati muhim.