IGIR
IGIR (Acorus) — kuchaladoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Ildizpoyasi yo’g’on. Barglari uzun, nashtarsimon. Ko’pincha daryo va ko’l qirg’oqlarida ilashib o’sadi. Tarkibida oshlovchi modda bor. Ildizpoyasidan efir moyi olinadi. Asosan, Sharqiy Osiyoda uchraydigan boshqa bir turining ildizpoyasi qandolatchilikda ishlatiladi.