IGNALAR MINTAQASI

IGNALAR MINTAQASI – yer sun’iy yo’ldoshi yordamida ma’lum balandlikka konteynerda chiqarilib, yer atrofiga sochib yuboriladigan kalta mis yoki volfram tolalardan iborat qatlam. Ignalar mintaqasi radiorele aloqalarida maxsus yo’nalishga ega bo’lmagan to’lqin tarqatish uchun passiv retranslyator vazifasini bajarishi mumkin. Yer sirtining istalgan nuqtalari orasida radioaloqa bog’lash uchun 4000 kilometr balandlikka ekvatorial qutb tekisligidagi ikkita Ignalar mintaqasi yetarli. Undan bir necha yil foydalanish mumkin. U arzon va ishonchli, lekin radiosignallarni hamma tomonga sochgani uchun qabul qilinayotgan signal kuchsiz bo’ladi, xabarlar sekin uzatiladi. Ignalar mintaqasi yer sun’iy yo’ldoshlari uchun xavfli bo’lishi mumkin.