IKKI HAQIQAT NAZARIYASI

IKKI HAQIQAT NAZARIYASI falsafa va ilohiyotni haqiqatni bi- lish hamda Xudoga yaqinlashishning ikki mustaqil yo’li deb talqin etuvchi ta’- limot. U o’rta asr madaniyatiga Aristo- telizmning kirib kelishi b-n bog’liq. I. h. n. Sharq falsafasi tarixida uzoq evolyusion yo’lni bosib o’tgan. O’rta osiyolik mutafakkirlar Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqalar I. h. n.ga dastlab yaqinlashganlar. I. h. n. 12-14- a.larda keng rivojlanib, Ibn Rushd falsafasida takomilga etgan. Ibn Rushd qarashlariga ko’ra, falsafa atrofda- gi olamni aql-idrok b-n bilish orqali insonni hakiqatga olib boradi. I.h.n. lotin averroizmida (Si-Ger Brabant- skiy, Paduya maktabi va b.) aniq ta’- riflab berilgan. Aristotel g’oyalarini averroistik talqin qilish xristian aqidalariga zid bo’lgan va u cherkov tomo- nidan qoralangan. I. h. n. falsafa tari- xida rasionalizmning rivojlanishiga turtki bergan.