IKKI PARTIYALI TIZIM

IKKI PARTIYALI TIZIM – bir qancha demokratik davlatlarda rasm bo’lgan siyosiy tizim; bunda 2 yetakchi partiya hokimiyat uchun kurash olib boradi (AQShda — respublikachilar partiyasi bilan demokratlar partiyasi, Buyuk Britaniyada — konservatorlar partiyasi bilan 1920-yillargacha Liberallar partiyasi, so’ngra esa uning o’rnini egallagan Leyboristlar partiyasi).