Ikki qanotlilar, qo’sh qanotlilar
Ikki qanotlilar, qo’sh qanotlilar (Diptera) — hasharotlar tur- kumi. Taxm. 80000 ga yaqin turi ma’lum. O’rta ko’krakka birikadigan bir juft qanotlari bo’ladi. Keyingi juft qanoti reduktsiyalanib, tovush chiqaruvchi organga aylangan. Qanotlari asosi juda kambar, ko’pincha kichkina bo’rtma — «qanotcha» hosil qiladi. Boshi harakatchan, ko’zlari yirik, fasetkali; ko’kragi yaxlit. 3 kenja turkumga — uzun mo’ylovlilar, kalta mo’ylov kalta choklilar va kal- ta mo’ylov doira choklilarga bo’linadi. Kenja turkumlar ima-gosi, lichinkasi va g’umbaklarining bir qancha belgila- ri b-n bir-biridan farq qiladi. I.q. hamma joyda tarqalgan; ko’pchilik tur- lari (Gessen chivini, karam chivini, piyoz chivini va b.) q.x. ekinlariga katta zarar etkazadi. Bir qancha turlari (so’nalar, chivinlar, qon so’ruvchilar va b.) q. x. hayvonlariga, ba’zi turlari (mas, bez- GAK pashsha-si, chivinlar va b.) esa odam- larga yuqumli kasalliklar tarqatadi. Afrikada yashaydigan Tse-Tse chivini uyqu kasalligini qo’zg’atuvchi tripanosomani yuqtiradi. I.q. o’simliklarning changla- Nishida ishtirok etadi; ba’zilari (mas, taxin chivinlar) lichinkalik davrida zararkunanda hasharotlarda Pa-razitlik qiladi. Sirfidlarning lichinkalari o’simlik bitlari b-n oziqlanib, ular so- nini kamaytirishga yordam beradi.