IKKI XIL NAFAS OLUVCHILAR

IKKI XIL NAFAS OLUVCHILAR (Dipnoi yoki Dipneustomorpha) — Su-yakli baliqlar kenja sinfi (yoki kat-ta turku- mi). Devon davridan ma’lum. Ko’pchilik turlari Perm davridan keyin qirilib ketgan. Suvda yashashga moslashgan organ- lari (jabralar) b-n bir qatorda atmos- fera havosidan nafas olishga imkon be- radigan organlari (o’pkasi) ham bo’ladi. Skeletining, asosan, tog’aydan iborat bo’lishi, xor-dasining hayoti davomida saqlanib qolishi, umurtqa pog’onasining yaxshi rivojlanmaganligi I.x.n.o.ning sodda tuzilganligini ko’rsatadi. Shu- ning b-n birga suyaklar bo’lishi, o’pka b-n nafas olishi, yurak bo’lmasida uni bo’lib turuvchi bo’lmacha bo’lishi, bosh mi- yaning kuchli rivojlanganligi ularning o’ziga xos belgilari hisoblanadi. Juft suzgichlari uzun, segmentlarga bo’lingan 3 turkumi bo’lgan. Hoz. I.x,-n.o. chu- chuk suvlarda yashaydi; bir o’pka-‘ lilar (Monopneumones) va ikki o’pkalilar (Dipnumones) turkumlariga bo’linadi. Bir o’pkalilarning yagona turi muguz- tish (Neoceratodus forsteri) shim.Sharqiy Avstraliyaning Kvinslend daryosida yashaydi; tanasi yo’g’on (uz. 175 sm gacha), juft suzgichlari — bargsimon, tangacha- lari yirik, suzgich pufagi (o’pkasi) bit- ta. Ikki o’pkalilarning tanasi cho’ziq, tangachalari mayda, juft suzgichlari ipsimon, suzgich pufagi (o’pkasi) — ik- kita. Bir necha turi ma’lum. Protopter- larning 4 turi tropik Afrikaning sayoz suvlarida yashaydi, uz. 30 sm dan 2 m gacha. Qurg’oqchilik paytida qurib qoladigan suv havzalarida loydan qazigan inla- rida uyquga ketadi. Jan. Amerikaning Amazonka daryosi havzasida uchraydigan lepidosiren (Lepidosiren paradoxa) ham qurg’okchilikni xuddi shu holatda o’tka- zadi. I.x.n.o. har xil umurtqasizlar, baliqlar va b. suv hayvonlari b-n oziqlanadi. Protoptera va lepidosiren ovlanadi; muguztish muhofaza qilinadi.