IKKINCHI TARTIBLI SIRTLAR
IKKINCHI TARTIBLI SIRTLAR -nuqtalari fazoning Dekart koordinatalar tizimipa quyidagi ikkinchi darajali algebraik tenglamani qanoatlantiruvchi sirtlar: ax2 + vu2 + Cz2+ Dxy+Eyz+ Fzx + + Gx + Hy+ Kz+ L = Q. Bunda ikkinchi darajali oltita had oldidagi A, V, S, D, E, G’ koeffisientlardan kamida bittasi noldan farq qiladi. Ikkinchi tartibli sirtlarni tekislik bilan kesganda kesimida ikkinchi tartibli egri chiziq hosil bo’ladi. Koordinatalar tizimini tegishlicha tanlab, tenglamani soddalashtirish mumkin. Natijada kanonik (eng sodda) tenglama hosil qilinadi. Ikkinchi tartibli sirtlar 17 tipga bo’linadi.