ILDIZPOYA
ILDIZPOYA (rhizoma), ertana — ba’zi ko’p yillik o’tlarning yer ostidagi shakli o’zgargan poyasi. Tashqi ko’rinishi va yer ostida bo’lishi bilan ildizga o’xshasada, lekin ozuqa moddalar to’plashi bilan ildizdan farqlanadi. Ildizpoya vegetativ ko’payish uchun xizmat qiladi, bu xususiyat, ayniqsa, begona o’tlar (g’umay, qamish, ajriq va boshqalar) ga xosdir.