ILG’OR
ILG’OR, ilg’a (qadimgi turkiycha — tez harakat qilmoq, hujum qilmoq) — 1) 6-8-asrlarda turkiy xalqlarda ko’shinning old tomonida boruvchi harbiy qism, avangard. Ko’k Turk xoqonligi cherigida yizak, jizag, ilki Su; Qoraxoniylar, Xorazmshohlar qo’shinida Yazak, temuriylar, shayboniylar hamda so’nggi xonliklar armiyasida manglay, hiravul, taloya (toliy’a) kabi istiloh Ilg’or ma’nosida iste’molda bo’lgan; 2) suvoriylarning qo’qqisdan uyushtirgan hujumi, o’lja olish maqsadida qilingan bosqin, g’orat ma’nosida eski o’zbek tilida keng qo’llanishda bo’lgan; «Qosimbek va Ibroqim soru va Vays Logariy boshliqlarni ikki tarafga ilg’or yiborilib edi» (Boburnoma, 58).