«Ilhom»

«Ilhom» — teatr-studiya. 1976 yilda M. Vayl tomonidan «teatr yoshlari tajriba studiyasi» nomi bilan tashkil bo’lgan. 1989 yildan hozirgi nomda. Spektakllari o’zbek va rus tillarida. «Ilhom» kotiba dramatik san’at maktabi va truppasi faoliyat ko’rsatadi (1995 yildan). Studiyaning asosiy maqsadi — teatr san’atida yangi ifoda vositalarini izlash va tajriba qilish, yosh dramaturg, aktyor va rejissyorlarning ilk chiqishi (debyut) larini uyushtirishdan iborat. Eng yaxshi spektakllari: «o’rdak ovi» (A. Vampilov), «Ko’shiq uchun o’lim yo’q» (G. Lorka), «Jamoat fikri» (A. Baranga), «Muhammad, Mamed, Mamesh» (Ch. Husainov), «Tikansiz tipratikanlar», «oq otlar uchun vals», «temir xotin» (Sh. Boshbekov), «Masxarabozlar uchun regtaym», «oppoq, oppoq qora laylak» (A. Qodiriy asarlari asosida), «baxtli gadolar» (K. Gostsi) va b. J. Obidov, K. Arutyunyan, A. Zavyalova, B. Matjonov, M. Kaminskiy, M. Turpishcheva, B. Zokirov kabilar teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning badiiy rahbari — Mark Vayl.