ILIAMNA
ILIAMNA — Alyaskadagi eng yirik ko’l. Maydoni 2100 kilometr kvadrat, uzunligi 125 kilometr, kengligi 30 kilometr. Aleut tizmasining shimol tarmog’ida, muzlik-tektonik harakatlar natijasida yuzaga kelgan soylikda joylashgan. Shimoliy va g’arbiy qirg’oqlari past, Janub va sharqi tik. Bering dengizining Bristol qo’ltig’iga Kvichak daryosi orqali quyiladi. Baliq ovlanadi.