Ilk qo’g’irchoqni kim yasagan?

Bugungi kunda bizda yura oladigan, gapiradigan, chinqiradigan, uxlaydigan, yeb-ichadigan, — xullas tirik jonzotlarga eng ko’p maksimal darajada yaqinlashtirilgan qo’g’irchoqlar bor. Shunday bo’lsa-da, ota-onasi qo’g’irchoq sotib ololmaydigan bechora qizaloqni bir ko’z oldingizga keltiring-chi. U tarashaning bir bo’lagini olib, unga liboslar kiydiradi-da, bu, mening qo’g’irchog’im, deydi. Ha, u, chindan-da qo’girchoq! Faqat buning uchun go’dak uni qo’girchoq deb atasa bo’lgani. Aynan shu sababga ko’ra biz ham qo’girchoqlar qachon paydo bo’lganligini aniqlay olmaymiz. Ehtimol, juda qadim-qadim zamonlardadir, chunki o’shanda bolalar ham, qo’girchoqlar ham bo’lgan. Hindularning bolalari buning uchun bosh tomoni yo’g’onlashib boradigan cho’qmorsimon yog’och parchasidan foydalanishgan. Forslarning jujuqlari gazlama o’ralgan, ustida rasmlar solingan qo’g’irchoqlarni ermak qilishgan. Eng qadimiy zamonlarga mansub bola mozorlaridan butun dunyo bo’ylab loy yoki suyakdan yasalgan qo’girchoqlar topilgan. Ayrim nufuzli zotlar qo’girchoq, dastlab diniy ibodatlarda ishlatilgan deb hisoblashadi. Bolalarga qo’girchoqni but-sanam, timsol sifatida ushlab ko’rishga izn berilgan, biroq ularni o’ynash man etilgan edi. Boshqalar esa bolalar qo’g’irchoqni eng qadimiy zamonlarda ham o’ynashgan, deb ta’kidlaydilar. Bizga qadar yetib kelgan eng qadimiy qo’girchoqlar orasida qadimgi misrliklarning qo’g’irchoqlari ham bor. Umuman, ular qo’g’irchoqqa ko’pam loqayd bo’lmagandek taassurot uyg’onadi. Misrliklar ularni yog’ochdan yasashar va munchoqlar bilan bezatishardi. Misrliklarga mansub deb topilgan qo’g’irchoqlarining yoshi 3 000 yildan oshadi. Qadimgi yunonlar ham g’alati qo’g’irchoqlarning sohibi bo’lishgan. Ularni durustgina bezatilgan boshi, arqon yordamida harakatga keltiriladigan qo’l-oyoqlari bo’lgan. Bizning zamonamizda ham dunyoning turli go’shalarida bolalar mutlaqo biznikiga o’xshamagan va ular biznikidan afzal ko’rishadigan qo’g’irchoqlarni o’ynashadi. Jajji eskimos qizaloq fil suyagidan taroshlangan qo’girchoqni o’ynaydi. Meksikalik qizcha — sopoldan yasalganini, shunisi ham borki, unga bizning qo’girchoqlarimiz ancha rangpardek tuyulishi mumkin. Zamonaviy qo’g’irchoqlar patdan, gazlamalar, toshqog’oz va boshqa materiallardan qilingan. Eng qimmatbaho qo’girchoqlarning boshchasi ustasi farang rassomlar tomonidan yaratiladi. Ammo siz shuni ham yaxshi anglaysizki, uncha himmat bo’lmagani ham qizaloqning suyukli qo’girchog’i bo’lib holishi mumkin.