ILMEN

ILMEN — Rossiya Federatsiyasi Novgorod viloyatidagi ko’l. Maydoni 982 kilometr kvadrat (suv sathi 733 km2 dan 2090 km2 gacha o’zgarib turadi). Uzunligi qariyb 45 kilometr, eni 35 kilometr. Chuqurligi 10 metrgacha. Qirg’oqlari, asosan, botqoqlikdan iborat. Ko’lga 50 tacha irmoq quyiladi. Ko’ldan Volxov daryosi oqib chiqadi. Noyabrda muzlab, aprelda muzdan bo’shaydi. Baliqovlanadi. Kema qatnaydi. Ilmendan 6 kilometr narida Volxov daryosi bo’yida Novgorod shahri joylashgan.