ILMEN TOG’LARI

ILMEN TOG’LARI – Janubiy Uraldagi bir guruh tizmalari (Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyati). Eng baland joyi 748 metr (Ilmentov). Granit, gneys va murakkab hamda turli mineralogik tarkibli juda ko’p pegmatit yertomirlaridan tarkib topgan; bu yertomirlarda ilmenit, apatit, granat, topaz va boshqalar (180 tacha mineral) bor. Yon bag’irlari o’rmon bilan qoplangan, vodiylarda o’tzor va botqoqlar ko’p. Ilmen tog’larida Ilmen qo’riqxonasi tashkil etilgan.