ILMIY KINO
ILMIY KINO — ilmiy kinematografiya turi. Kinotexnikadan ilmiy faoliyat jarayonida, sanoatda va qishloq xo’jalikda kinohujjat olish hamda kinotadqiqot o’tkazishda foydalaniladi. Amaliy vazifa bajarishi bilan o’quv kinosi, ilmiy ommaviy filmdan farq qiladi, ilmiy tadqiqot vositasi hisoblanadi. Harakatni tezlashtirish va sekinlashtirish imkoniyati bilan ham muhim.