Ilmiy tadqiqot
Ilmiy tadqiqot – yangi bi- limlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga ob’ek- tivlik, ishonchlilik, aniklik xos. I.t. hamma shartlarga amal qilib takrorlan- ganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. I.t. bir-biri b-n boglangan ikki kiem — tajriba va na-zariyadan iborat. I.t.ning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlar- ni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba o’tkazish, olingan nati- jalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan da- lillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy ba- shorat yuritish. I.t.larni fundamen-tal va amaliy, mikdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga AJ-ratish keng tarqalgan. I.t.larning metod va tajri- balari fanning o’zidagina emas, balki ko’pgina iqtisodiy va ijtimoiy masala- larni qal qilishda ham keng qo’llaniladi (yana q. Fan).