Iloq konlari
Iloq konlari – Jan. Chatqol va Qoramozor tog’larida joylashgan qad. konlar. Jez davridan ma’lum bo’lgan. Oltin, Feruza, kumush, mis, qo’rg’o-Shin, qalay, turli rangli javohirlar, bo’yoq hamda chinni tayyorlashda ishla-tila- digan gil qazib chiqarilgan. I.k. Nodir metallari, ayniqsa, yuqori sifatli kumush b-n Shuxrat qozongan. Mil. AV. 1ming yillikning 2-yarmida mil. 10-a. largacha mashhur bo’lgan. Sharq Geo-graf- lari I.k.ni Afg’onistondagi eng mashhur «Yangi Panjshir» kon nomi b-n atagan- lar. Shuningdek, ular bu erda Ko’hisim (Kumush tog’) koni ham borligini qayd etishgan. I.k.dan oltin qazib chiqarish ikkinchi o’rnida turgan. Arxeologik va geologik tadqiqotlarga ko’ra, Beruniy ham I.k.ni «Feruza koni» deb tilga ol- gan. I.k.da 2,5 mln. m3dan ortiq bo’lgan qazish ishlari o’tkazilgan, shundan 50% kumush, 25% oltin olish uchun qazilgan. I.k,larining oltin konlari — Qizilol- ma, Qo’shbuloq, Oqturpoq, Sartabut – kon, Feruza konlari — O’ngurlikon, Oqturpoq, Feruzakon, kumush va noyob metall ruda konlari — Konimansur, Qoratoshqo’ton, Konsoy va b. bo’lgan. 11-a. dan boshlab I.k.da ruda qazish ishlari susayadi. Mo’g’ullar istilosi davrida kon ishlari deyarli to’xtagan. Amir Temur davrida I.k.ni ishga tu- shirishda birmuncha jonlanish yuz ber- gan, ammo keyinchalik kon ishlari yana to’xtab qolgan. 1920-y.lardan ke-yingina qad. I.k. o’rnida Chatqol — Qu-rama sano- at rni vujudga keldi.