Ilyosxoja
Ilyosxoja (14-asr) – Mo’g’uliston xoni (1363-65). Tug’luq Temurnknt o’g’li. Ilyosxojaga Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Tyanshan etaklari, Irtish va Emil daryolari atrofidagi yerlar qaragan. 1361 yil kuzida otasi Movarounnahrga zafarli yurish qilib, Ilyosxojaga Movarounnahr hukumatini boshqarib turishni topshirgan. Mo’g’ullarning Movarounnahrdagi hukmronligini saqlab qolish maqsadida bir necha marta Amir Temur va Husaynga qarshi jang qilgan. 1364 yil hozirgi Shahrisabz tumanining Namaton qishlog’i yaqinida Ilyosxoja Temurbek hamda Amir Husayn boshliq qo’shin bilan bo’lgan jangda asirga tushgan. Biroq, asir olgan sipohlar uni bir nechta beklari bilan qo’yib yuborgan. Ko’p sonli lashkar bilan takroran Movarounnahrga harbiy yurish qilgan Ilyosxoja 1364 yil yozida Toshkent va Chinoz oralig’ida Amir Temur va Amir Husayn bilan qayta jangga kiradi va harb tarixidan jangi loy («loy jangi») deb nom olgan ushbu to’qnashuvda g’alaba qozongan va Samarqandga yurish qilgan, biroq sarbadorlar va shahar aholisi qarshiligiga uchrab Movarounnahrni tashlab qochgan. 1365 yil Ilyosxoja Qaboqin mavzeida Sohibqiron va Amir Husayn bilan bo’lgan navbatdagi jangda mag’lub bo’lgan va Jeta tomonga qochgan. U yerda Ilyosxoja dug’lat aymog’ining sardori, taxt da’vogari Qamariddin tomonidan o’ldirilgan. Ilyosxojani Chig’atoy ulusshshnt poytaxti bo’lgan Olmaliq (Yettisuvdagi ko’hna shahar)da otasi Tug’luq Temurxon qabri yoniga dafn qilishgan. Hamidulla Dadaboyev.