IMMIGRANTLAR

IMMIGRANTLAR (lot. immigrans – ko’chib keluvchi) — bir davlatdan boshqa bir davlat hududiga doimiy yoki uzoq vaqt istiqomat qilish uchun ko’chib kelgan fuqarolar. Ular iqtisodiy, siyosiy yoki diniy sabablarga ko’ra ko’chib kelishi mumkin. Davlatlarning ko’pchiligi avvaldan ruxsat olish sharti bilan Immigrantlarning o’z hududidan ko’chib kelishiga yo’l qo’yadi. Ayrim mamlakatlarda, masalan, AQSHda Immigrantlar haqida qonunlar chiqarilgan, shuningdek, immigratsiyaga oid kvotalar belgilangan.