IMMOBILLASHGAN FERMENTLAR
IMMOBILLASHGAN FERMENTLAR — molekulalari polimer birikmalar bilan kovalent bog’langan, sun’iy olinadigan ferment preparatlar. Shuning uchun Immobilashgan fermentlar denaturatsiyani vujudga keltiruvchi ta’sirlarga nisbatan chidamli bo’ladi. Bunday fermentlar nativ (tabiiy) fermentlarga nisbatan afzalliklarga ega. Ular proteoliz fermentlari va mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib ketmaydi; turg’un noimmunogen xususiyatiga ega bo’ladi, shuningdek, organizmning zarur joyida to’planadi. Immobilashgan fermentlar analitik tadqiqotlar va nozik organik sintez jarayonlarida qo’llaniladi. Kelajakda ularni tibbiyotda va biotexnologik sanoatda (antibiotiklar, aminokislotalar, oziq moddalar olishda) qo’llash mumkin.