Immun status, immun holat

Immun status, immun holat — immun sistemasining hujayraviy va gumoral omillarini klinik va la- borator-immunologik usullar yordamida aniqlangan miqdoriy ko’rsatkichlari. Immunologik ko’rsatkichlar kishi- larning yoshiga, yashayotgan geografik muhitiga, ekologik vaziyat va epide-mi- ologik holatga qarab o’zgaradi. I. s. ni aniqlash nafaqat odamning hoz. holatini baholash, balki ekologik va xavfli an- tropogen (fizik, kimyoviy va biologik) omillar ta’sirida uning kelajakdagi sog’lig’ini oldindan aytib berish imko- nini beradi. Bundan tashkari, odam I. s. ni baholash orqali immuntanqislik holatlariga yuqori moyilligi bo’lgan kishilarning xavfli guruhini tuzish hamda uning asosida immuntiklash va immunprofilaktika usullarini ishlab chiqish mumkin bo’ladi. Zamonaviy tibbiy immunologiyada I. s. ni baxrlovchi usullar mavjud. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining tav- siyalariga asoslanib, akad. R. V. Petrov tomonidan 1984 y. «Odam immun statusi- ni baholash» uslubiy qo’llanmasi ishlab chiqilgan, unga asosan baholash usullari ikki darajaga bo’linadi. Bi-rinchi dara- ja usullarida immun xrlatda o’zgarish bor yoki yo’kligi 1-2 kun ichida taxm. baholanadi. Agar bunda o’zgarishlar to- pilsa, immun sistemadagi nuqsonni chuqur va to’liq aniqlash uchun ikkinchi daraja usullari qo’yiladi. Bu tekshi- rishlar natijasi 5-6 kunda bilinadi. R. V. Petrov hamkasblari b-n MDH davlatlarida yashaydigan sog’lom aholi ma’lum bir qismining immun Sistema ko’rsatkichlarini o’rganib, har xil Xu- dudlar aholisi uchun I. s.ning bir necha turini belgiladi. O’zbekiston aholisining I.s.i uz- bekiston FA Immunologiya institute xodimlari tomonidan o’rganiladi. Dast- labki natijalarga ko’ra, respublikaning har xil viloyatlari aholisida gumoral immunitet supressiyasi bor, hujayraviy immunitet ko’rsatkichlari me’yorida yoki qisman pasaygan; gumoral bo’g’im faol- lashgan. I. s. hamda uning aralash turi kuzatiladi (bunda hujayraviy bo’g’im supressiyasi va gumoral bo’g’imning ma’lum bir ko’rsat-kichlari oshadi). Bu holatlarni shu Geo-grafik-iqlim hududida yashovchi xalq immun sistemasi- ning tabiiy sharoitga moslashuvi sifa- tida qabul qilish mumkin.