IMMUNLASH

IMMUNLASH — sun’iy yo’l bilan immunitet vujudga keltirish. Infektsion kasalliklarning o’ldirilgan yoki zaiflashtirilgan qo’zg’atuvchilari mikroblarini yoki mikroblarning zaiflatilgan zaharlarini organizmga kiritib, aktiv (faol) immunitet hosil qilish. Vaktsinatsiyalangan hayvonlar yoki kasallikni boshidan kechirgan kishilar qonida antitelolar paydo bo’ladi. Bunday qon zardobini (shuningdek, gammaglobulinlarni) kishi organizmiga kiritib, passiv immunitet vujudga keltirish mumkin.