IMMUNLI NAV

IMMUNLI NAV — qishloq xo’jalik o’simliklarining kasallikni butunlay yuqtirmaslik (immunitet) xususiyatiga ega bo’lgan navi. Immunli nav o’simliklari kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlarni engish va ular ajratadigan zaharli moddalarni zararsizlantirish qobiliyati (himoya reaktsiyasi) ga ega bo’ladi. Bunda o’simliklar kasallikka mutlaqo chalinmaydi yoki kasallik qo’zg’atuvchilar organizmda kasallanish jarayonini qo’zg’atishga ulgurmasdan, yuqish davrining boshidayoq nobud bo’ladi. Navlarda immunitet ko’pincha mazkur tur, turkum yoki oilaga mansub o’simliklarda parazitlik qilmaydigan kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlarga qarshi paydo bo’ladi. Immunli nav yaratish bo’yicha selektsiya ishlari duragaylash asosida olib boriladi. Qishloq xo’jalik ekinlarining kasalliklarga chidamli navlarini yaratishda ko’proq tur ichidagi duragaylashdan foydalaniladi. Bunda selektsioner har xil kasalliklarga (vertisillez va fuzarioz vilt, ildiz chirishi, gommoz) turli darajada chidamlilikka ega navlar bilan ish olib boradi.