IMMUNOLOGIYA INSTITUTI
IMMUNOLOGIYA INSTITUTI, O’zbekiston FA Immunologiya insti- tuti — i.t. muassasasi. Sobiq ittifoq Sog’liqni saklash vazirligi immu- nologiya in-tining filiali sifati- da tashkil etilgan (1985); 1991 y.dan O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi- ga, 1994 y.dan O’zbekiston faga qarashli mustaqil in-t. In-tda molekulyar geneti- ka, immunogenetika, immunopatologiya, immuno – va allergodiagnostika lab.si va klinika bor. In-tda, asosan, immune tanqisligi va immunologik holatning O’zbekiston aholisi o’rtasida tarqalishi o’rganiladi, immunogenetik tadqiqotlar olib boriladi, immunitetni rostlab, asliga keltiruvchi yangi dori-darmonlar va usullar ishlab chiqiladi. Bulardan tashqari, O’zbekistonda sog’lom aholida va ko’p uchraydigan kasalliklarda immu- nogenetik markerlar tahlilini, virusli gepatit V va S, OITS va yuqumli kasal- liklarni molekulyar genetika jihatidan o’rganish borasida AQSh, Buyuk Britaniya va Yaponiya olimlari b-n hamkorlikda xalqaro ilmiy izlanishlar olib bori- ladi. In-t qoshida «Tibdiagnostika» va «Universal immunotest» kichik kor- xonasi mavjud. In-tda 36 ilmiy xodim, shu jumladan 4 fan D-ri va 15 fan nom- zodi bor (2002). Har yili immunologiya va allergologiyaning dolzarb masalala- riga oid ilmiy ishlar to’plami (hoz. 10 jild nashr etilgan), 1999 y.dan boshlab «Nazariy va amaliy tibbiyot jurnali» nashr etilmoqda. I.i. «Immunologiya va odamning yoshi» (1987), va OITS (1989), «O’zbekiston xalq xo’jaligida immu – nogenetika va biotexnologiya yutuKla- ri» (1995) mavzuidagi konferentsiya va simpoziumlar, shuningdek, immunolo- gal lergologlarning 1 s’ezdini (1991) o’tkazishda faol qatnashgan. In-tda har yili yosh olimlar va soha mutaxassisla- rining ilmiy anjumani utkazib turi- ladi. I.i.da olib borilgan i.t. ishla- ri N. H. Abdullaev, M. N. Rizaev, R. M. Ruziboqiev va b. olimlar faoliyati b-n bevosita bog’liq.