IMO-ISHORA TILI
IMO-ISHORA TILI – qo’l, tana turli harakatlari va boshqa xil imo-ishoralar yordamida fikr almashuv, aloqa qilish. Imo-ishora tilidan quyidagilar foydalanadi: 1) kar-soqov va ko’zi ojiz kar- soqovlar. Kar-soqov bolalar doirasida beixtiyor, hech bir tayyorgarliksiz yuzaga keladigan fikr almashuv tizimidan kodlashtirilgan (barcha savodli kar- soqovlar uchun umumiy bo’lgan) Imo-ishora tili farqlanadi; 2) tovushlarga asoslangan til yordamida bir-birini tushunishning iloji bo’lmagan vaziyatlarda, masalan, uzoq qardosh bo’lgan til vakillari (shimoliy Amerika indeyslari, Avstraliyaning tub aholisi va boshqalar); 3) tovushlar yordamidagi nutqqa tabu e’lon qilingan holatlarda, masalan, rohiblarning bir toifasi, Kavkazdagi ba’zi xalqlarning ayollari va boshqalar.