Imomqulixon ibn Dinmuhammadxon
Imomqulixon ibn Dinmuhammadxon (1589-1650) — o’zbek davlatchiligi tizimidagi Ashtarxo- niylar sulola-sini boshqargan Buxo- ro xonligi xukmdori (1611-42). Vali Muhammadxon Erondan olib kelgan qo’shinga qarshi Buxoro xalqining kura- shiga rahbarlik qilib qozoqlar yordami- da eroniylarni tor-mor keltirgan. Sun- gra 1611 y. Sirdaryoning quyi oqimidagi hududlarga yurish qilib isyonkor qozoq, qalmoq, qoraqalpoqlarni bo’ysundirgan. I. 1612 y. Toshkentni egallab o’g’li is- Kan-darni hokim etib tayinlagan, ammo, shahar aholisi uning nojo’ya xattiharakatlaridan norozi bo’lib isyon ko’tarib Iskandarni o’ldirgan. Bundan g’azablangan I. Buxoro, Balx va Badaxshon viloyatlaridan qo’shin yig’ib kelib, tosh- kent aholisini qirg’in qilgan (q. Tosh- kent qirg’ini). Buxoro xonligida ichki nizolar juda kuchli bo’lgan. Toshkent, Balx, Samarqand viloyatlari ochiqdan- ochiq Markaziy hokimiyatga qarshi si- yosat yurgizishardi. I. bu kurashlarga barham bergan. I. darvishlarni qo’llab- quvvatlagan, atrofiga olimlar va sho- irlarni to’plagan, o’zi ham she’rlar yozgan. Ko’chmanchilar b-n olib borilgan muvaffaqiyatli janglar natijasida u 30 yildan or-tiq hukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatda Markaziy davlat hokimiyati kuchaygan. Hindiston, Eron va Rossiya b-n elchilik munosabatlarini o’rnatgan. Rossiyaning josus elchisi I. D. Xoxlov 1620-22 y.larda Buxoroda bo’lgan. I. ko’r bo’lib qolgach, taxtni uka- si Nadr (Nodir) Muhammadga topshirgan (1642). O’zi hajga ketib, o’sha erda vafot etgan. Ad.: Muhammad Yusuf Munshi, Mu- kimxanskaya istoriya, T., 1956.