Imoratbobo majmui

Imoratbobo majmui – Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanidagi me’moriy yodgorlik (18-19-a.lar). Asli eronlik 3 og’a-ini eshonlar maqbarasi xalq orasida Imoratbobo deb atalgan. Majmua Imo- ratbobo qabristoni o’rtasida Sayd sha- poataziz maqbarasi, Mirmuhammad Aziz maqbarasi va yana bir Nomsiz maqbara hamda qabristonning shim. chekkasi- dagi masjiddan iborat. Sayd Shapoa- taziz maqbarasi (1795) qo’sh gumbazli, peshtoqli, ziyoratxona va go’rxonadan ibo- rat ikki xonali bino. Peshtog’i o’yma ko- Shin va silliklangan g’ishtdan «qo’sh» va «bantak» uslu-bida bezatilgan. Ziyorat- xona ravoqli, bag’alidagi 8 ravoqchalar g’ishtin muqarnaslar b-n to’ldirilgan. Mirmuhammad Aziz maqbarasi (1845) to’g’ri to’rtburchak tarxli (8,12 x 10,75 m), ziyoratxona va ikki go’rxonadan ibo- rat. Uch gumbazli, peshtoqli, bezaksiz. Uchinchinomsiz maqbara bir xonali, bez- aksiz, xom g’ishtdan qurilgan. Bosh tarzi chuqur ravoqli bo’lib, ravoq ichiga ikki tabaqali eshik o’rna-tilgan. Gumbazi cho’qqisimon. Guzar masjidi (1901) mu- Rabba tarhli (9,5×9,5 m), bir ustun- li, yassi tomli, shim.da ayvon, Sharqiy burchagida mezana bor. Eshik, to’sin va ustun boshalari an’anaviy Xorazm mil- liy me’-morligiga xos uslubda yog’och o’ymakorligida bezatilgan. Naqshlar ora- sida ustalar (Otajon, Nurilla Saidjon eshon va bobo eshon) nomi qayd etilgan. Hovuzi (14×14 m) ham bor.