IMPLANTATSIYA

IMPLANTATSIYA (lotincha im… (in) – ichida va plantatio — o’tkazish, ko’chirib o’tkazish) — odam va hayvonlarda hujayralar va to’qima elementlarining o’z-o’zidan ko’chirib o’tkazilishi va yopishtirilishi. Odam va ko’pchilik sut emizuvchilarda Implantatsiya murtak (blastosist) ning urg’ochisi bachadoniga yopishishidan iborat. Implantatsiya blastosist va bachadon devorining faolligi tufayli amalga oshadi. Implantatsiya natijasida murtak bilan ona organizm qon aylanish sistemasi o’rtasida funktsional birlik vujudga keladi va yo’ldosh hosil bo’ladi. Implantatsiya 3 xil usulda amalga oshadi. Markaziy Implantatsiyada murtak bachadon bo’shlig’ida qoladi (qo’lqanotlilar, kavsh qaytaruvchilar), ekstsentrik Implantatsiyada murtak bachadon devoriga qisman botib kiradi (kemiruvchilar) va interstisial Implantatsiyada murtak bachadon devoriga to’liq botib kiradi (odam, primatlar). To’qimalarning bir qismi yoki organlarni sun’iy ko’chirib o’tkazish transplantasiya, sun’iy organlarni odam va hayvonlar organizmiga kiritish esa Implantatsiya deyiladi.