Impotentsiya
Impotentsiya (lot. impotentia — kuchsiz, zaif), jinsiy zaiflik — erkakning jinsiy aloka qilishga bequvvatligi; raso jinsiy aloqa kila olmaslik. Bunda jinsiy funktsiya — jinsiy mayl, erektsiya (jinsiy olat, ya’ni zakar tarangligi), eyakulyasiya (urug’ otilishi) yoki orgazm (xush yoqish sezgi- si) buzilishi mumkin. I.ning sababla- ri jinsiy a’zolar, endokrin sistema, periferik nervlar va bosh miya oliy bo’limlari funktsiyasining buzilishi b-n bog’liq. I. mustaqil kasallik bo’lmay, balki, odatda, azaldan mavjud kasallik asorati bo’lishi ham mumkin. I. bir necha xil bo’ladi. Moyak istisqosi, jinsiy olat sohasida chandiq hosil bo’lishi va b. organik I.ga sabab bo’ladi. Bosh miyadagi organik va funktsional kasalliklar kor- tikal (tserebral) I.ga olib keladi, bun- da, asosan, erektsiya, eyakulyasiya va jin- siy mayl izdan chiqadi. Shikastlanish, surunkali yuqumli kasalliklar (zaxm, sil), intoksikasiya (mishyak, alkogol va h. k.dan zaharlanish), moddalar al- mashinuvining buzilishi orqa miyadagi erektsiya va eyakulyasiya markazlariga zarar etkazib, I.ga sabab bo’la oladi (spina- li.), bunda erektsiya, eyakulyasiya susayadi. Jinsiy hayotga mukkadan ketish, jinsiy aloqani oxiriga etkazmay to’xtatish, ona- nizm b-n juda ko’p shug’ullanish, infek- tsion kasalliklar (so’zak va b.) b-n bog’liq bo’lgan surunkali yallig’lanish jarayon- larida prostata bezi, uretra (siydik chiqarish kanali)ning orqa qismi va urug’ do’mboqchasidagi nerv oxirlari uzoq ta’- sirlanishi neyroreseptor I.ga sabab bo’lishi mumkin. Moyaklarning endokrin funktsiyasi buzilganda aksari jinsiy mayl susayadi, erektsiya bo’shashib va hatto butunlay yo’qolib ketadi. Moyaklarning yoshga aloqador o’zgarishlari, tug’ma ka- salligi (etilmaganligi, evnuxoidizm) yoki hayot davrida orttirilgan kasalli- klari (shikastlanishi, yallig’lanishi), boshqa ichki sekresiya bezlari (gipofiz, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari) ning zararlanishi, moddalar almashinu- VIning buzilishi (avitaminoz, diabet va b.), Markaziy nerv sistemasi kasalli- klari ularning endokrin funktsiyasini buzishi mumkin (endokrin I). Jinsiy aloqa chog’ida xar ikki jins o’rtasidagi nomunosib xatti-harakatlar (shunchaki engil-elpi, yuzaki jinsiy aloqa qilish) ham jinsiy zaiflikka olib keladi. I.ni urolog vrach davolaydi; ba’- zan endokrinolog va psixiatr b-n maslahatlashish lozim. Ba’zi ayollar- ning jinsiy yaqinlikka befarq bo’lishi, erzadaligi (q. Vaginizm) ham I.ga olib keladi. Bunday hollarda ginekolog vrach b-n maslahatlashish ma’qul. Psixotera- Piya, organizmni mustahkamlovchi dori- lar, gormonal preparatlar, vitaminlar, har xil tabiiy usullar va b. b-n davolash yaxshi naf beradi. Ad.: Umarov S, mijoz sustligi, T., 1991.