IMPULSLAR GENERATORI

IMPULSLAR GENERATORI – kuchlanish yoki tok impulslari hosil qiladigan qurilma. Hosil bo’ladigan impulslar muddati (1 s dan 10 ne gacha), takrorlanish chastotasi (0,1 Gts dan 100 MGs gacha), generasiyalanadigan te- branishlar shakli (to’g’ri to’rtburchak, o’tkir uchli, arrasimon va b.) bo’yicha farqlanadigan bir necha turi bor. I. g. bir kanalli (bir chiqishli) va kup kanal- li (ikki va undan ortik, chiqishli) qilib ishlab chiqariladi. Bunda chiqish signal- lari turli qutbli va darajali bo’ladi. I. g.da tebranish konturi bo’lmaydi, im- pulslar elektron klapanlarning ochi- lib-yopilib turishidan hosil bo’ladi. Klapanlar sifatida transformator, elektr lampa yoki diodlar ishlatiladi. Elektron klapan berk vaktida energiya yig’iladi, ochilishi b-n tashqi zanjirga impuls shaklida uzatiladi. I. g. radio- texnika va radioelektron apparatlarda, radiolokasiya va hisoblash texnikasida qo’llaniladi.