INDEKS

INDEKS (statistikada) — muayyan davrda iqtisodiy miqdorlar, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar parametrlari o’zgarishlarini nisbiy ko’rinishda tavsiflaydigan iqtisodiy va statistik ko’rsatkich; pirovard kattalikni dastlabki kattalikka bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Indeks hisob uchun asos sifatida qabul qilingan muayyan yilga to’g’ri keladigan bazaviy Indeksga, bazaviy miqdorga nisbatan hisoblab topiladi. Solishtirilayotgan davr bazis davri yoki Indeks bazisi deyiladi. Sanoat ishlab chiqarish narxlari, ish xaqi, turmush darajasi, tirikchilik qiymati kabi Indekslar ko’p qo’llaniladi.