Indekslash

Indekslash (lotincha index — ko’rsatkich, ro’yxat) — iste’mol tovarlari va xizmatlar narxining o’sib borishiga muvofiq davlat tomonidan fuqarolarning pul daromadlarini oshirib borish; iste’molchilarni inflyasiyalan himoya qilish usullaridan biri. Shu yo’l bilan aholining xarid qobiliyati va o’rtacha real daromadi saklab qolinadi. Kredit va to’lov shartnomalari, ish haqi, dividendlar, foizlar, nafaqa, pensiya va boshqa to’lovlarni amalga oshirishda maxsus Indekslash koeffitsientlariga asoslaniladi. Indekslash, asosan, mamlakat ichidagi jarayonlarga nisbatan amalga oshiriladi. Iste’mol tovar (xizmat)larini ishlab chiqarish pasayib ketgan sharoitda davlat (yoki davlat byudjeti) pul qadrsizlanishini to’liq qoplaydigan Indekslash o’tkaza olmaydi. Shu bois ko’pincha qisman Indekslash amalga oshiriladi.