Indikatorlar
Indikatorlar (kimyoda) -tekshi- riladigan eritmadagi biror component kontsentrasiyasining o’zgarishi b-n ran- gi, lyuminessentsiyasini o’zgartiradigan yoki cho’kma hosil qiladigan moddalar. I., asosan, kimyoviy reaktsiya tugaganini yoki eritmadagi vodorod ionlari kontsentra- tsiya-sini titrimetrik tahlilda ekvi- valent nuqtasini (titrlashning oxirgi nuqtasini) aniqlash uchun qo’llaniladi. I. ishtirokida reaktsiya pirovardida tekshirilayotgan eritma rangi o’zgaradi; eritma tiniq bo’lgan bo’lsa, rangsiz yoki rangli cho’kma hosil bo’ladi yoki aksincha, loyqa yo’qoladi. Kislota-asos indikatorlari — muqitda vodorod ionlari kontsentra- tsiyasi (rn) turlicha bo’lganda rangini o’zgartiradigan moddalar. Neytrallash reaktsiyasi uchun ishlatiladi; mas, ney- tral muhitda rangsiz bo’lgan fenolfta- lein ishqoriy muhitda qizaradi. Rangli cho’kmalar ho-sil qiladigan maxsus I. (ad- sorb-tsion I.) ko’pincha cho’ktirish reaktsi- yalari uchun tekshiriladigan erit-malar b-n rangli eruvchan birikmalar qosil qiladigan I. (kompleksa-nometrik I.) kompleks hosil qilish reaktsiyalari uchun ishlatiladi. Oksidlanshiqaytarilshi reaktsiyalari uchun ba’zan maxsus I. za- rur; mas, yod b-n titrlashda kraxmal I. sifatida qo’shiladi, u yod ta’si- rida ko’k tusga kiradi. Aksari oksi- dimetrik titrlash reaktsiyalari uchun umumiy oksidlovchiqaytaruvchi I. (OK- sidlanish yoki kaytarilishi b-n rangi- ni o’zgartiradigan organik moddalar) qo’llaniladi.