Inert gazlar

Inert gazlar (lot. iners — faoli- yatsiz), asl gazlar, Nodir gazlar — men- deleev davriy sistemasining o guruhiga mansub kimyoviy elementlar: geliy ne (at. raqami 2), neon Ne (10), argon Ag (18), Kripton kg (36), ksenon Xe (54) va radon Rn (86). Bulardan fakat radon radiofaol element, barqaror izotopi yo’q. I. g. atomlarining tashki electron kavati (geliyda 2 ta, qolgan I. g. da 8 ta elektron bor) mustahkamligidan ular kimyoviy jihatdan nihoyatda sust (I. g. nomi shundan olingan). 1868 y. da Fran- suz J. Jansen va ingliz N. Loker kuyosh spektridan birinchi inert gaz — geliy- ni topishgan. 1892-1908 y. da boshqa I. g. kashf qilindi. I. g. ning molekulalari bir atomli. Barcha I. g. rangsiz va xidsiz bo’ladi. I. g. havoda (1 m3 havoda 9,4 l), suvda, ba’zi mineral va tof jinslarida bor. Geliy er osti gazlari va mineral manbalar gazlari tarkibida uchraydi. Radon uran va radiyning radioaktiv preparatlaridan, boshqa I. g. esa havodan ajratib olinadi. Tashki elektron qavati to’la (8 ta elektron) bo’lgani uchun I. g. ni qattiq yoki suyuk holatda olish juda qiyin. Uzoq vaqtgacha I. g. ning birikma- larini olish mumkin bo’lmadi. 1962 y. da kanadalik olim N. Barlett Xe b-n PtF3 birikmasini sintez qshtib, I. g. kimyo- viy reaktsiyalarga mutlaqo kirishmaydi, degan fikrlarga chek qo’ydi. Hoz. vaqtda I. g. ning juda ko’p kimyoviy birikmala- ri olingan. Birikmalardagi I. g. ning oksidlanish darajalari +1, +2, +4, +6 va +8 ga teng. I. g.ftor, ftorli birikmalar b-n birika oladi. Ularning oksidlari (XeO3, XeO4), oksigalogenidlari olin- gan. Geliydan tash-kari barcha I. g. suv va fenol b-n birikmalar hosil kila oladi. Radio va elektronika sanoatida, shu- ningdek, lyuminessent va axborot Lam- palarini, havo sharlarini to’ldirishda ishlatiladi.