Ingichka

Ingichka — Samarqand viloya- ti Nurobod tumanidagi shaxarcha (1944 y.dan). Zirabuloq tog’larining Jan. Sharqiy yon bag’rida, ingichka soyi bo’yida joylashgan. Yaqin t.y. stantsiya- si — katta-qo’rg’ondan 28 km. Aholisi 10,3 ming kishi (2001), asosan, o’zbeklar. I.ning o’rta qismidan Ingichkasoy oqib o’tadi. I.ga Zarafshon daryosidan uz. 28 km li quvur orqali suv keltirilgan. I. 1948 y. Ingichka volfram konining ishga tu- shirilishi munosabati b-n vujudga kel- gan. Iqlimi keskin Konti-nental. I. 7 balli seysmikzonadajoylashgan. I.da «Volfram» kon boshqar-masi, «TMTE» (ekspedisiya), «Samarqandgips», «Shax- ta» qurilish boshqarmasi faoliyat ko’rsatadi. I.da 2 umumiy ta’lim MAK- tabi, 1 musiqa maktabi, 1 kasbhunar kollejida 150 dan ziyod o’qituvchilar ta’lim beradi. 75 o’rinli shifoxona, 20 o’rinli tug’ruqxona, poliklinika bo’lib 160 vrach va o’rta ma’lumotli mutaxassis xizmat qiladi. Stadion, sport inshooti, madaniyat uylari, 2 xiyobon, 2 kutubxona bor. I. — Kattaqo’rg’on, I. —Samarkand yo’nalishlarida avtobus qatnovi yo’lga qo’yilgan. Nurobod — Qarnob, Agron — Oqtosh marshrutidagi avtobuslar I. orqali o’tadi.