INGICHKA VOLFRAM KONI
INGICHKA VOLFRAM KONI Kattaqo’rg’on sh.dan (Samarqand viloyati) Jan.sharqsa Zirabuloq tog’larida joy- lashgan kon. 1941 y. A. M. Engalichev top- gan, Ingichkasoy nomi b-n atalgan. Kon 1943 y. ishga tushirilgan. I. v. k.ning is- tikbolini aniqlash va razvedka qilishda H. M. Abdullaev, A. V. Korolev, N. V. Li- tsenmaer, I. H. Hamroboev, N. D. Ushakov- lar qatnashgan. I. v. k. geologik tuzilishida yuqori karbon — quyi Perm davri otqindi va yuqori silur davri metamorfik jinsla- ri ishtirok etgan. Otqindi jinslar bio- titli granodiorit, granit va lamprofir, aplit daykalari, pegmatitlardan iborat. Cho’kindi metamorfik jinslar marmar- lashgan oxaktosh, slyudali slaneslar va turli tarkibli rogoviklardan tuzil- gan. I. v. k.dagi volfram rudasi (shee- lit) yuqori silur davri marmarlarining granodiorit va granitlar b-n tutashgan joylarida hosil bo’lgan. Sheelit 2-3 sm kattalikdagi kristall va ba’zan er- tomirchalar holida uchraydi. Sheelitdan tashqari konda pirrotin, pirit, xal- kopirit, kassiterit, molibdenit va b. minerallar ham bor. Volframli skar- nlarning kalinligi 5-10 sm dan 15-20 m gacha, uz. 100-600 m, ba’zan 1,5—2 km gacha, chuq. 800 m. Volfram rudasi mas- sasining 90% qatlamsimon skarnlarda, 10% chasi skarnli tomirlarda va Alya- skitlarda, qolgan 1% chasi cho’kindi jin- Slarining qatlamlari orasida joylash- gan. I. v. k.tufayli ingichka shaharchasi barpo etilgan.