INGLIZ-XITOY URUSHI

INGLIZ-XITOY URUSHI (1840— 42), birinchi «afyun» urushi — Angliya- ning Xitoyga qarshi bosqinchilik uru- shi. Angliya Xitoyni o’ziga qaram, yarim mustamlaka yoki mustamlaka mamlakatga aylantirish maqsadida boshlagan. An- gliya hukumati o’z tovarlari, ayniqsa afyun uchun Xitoy bo-zorlarini ochish yo’lidagi diplomatik xattiharakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach (1792-93 y.lardagi Ma-kartney missiyasi, 1816 y. dagi Amxerst missiyasi), inglizlar zo’ravonlik yo’liga o’tganlar. 1839 y. 3 iyunda imperatorning maxsus vakili Lin Szesyuy buyrug’iga ko’ra, xorijiy savdogarlardan tortib olingan afyunlar ommaviy suratda yo’q qilina boshlangan. Bu Angliyaning Xitoyga qarshi urush ochishiga bahona bo’lgan. 1839 y.ning 2-yarmida ingliz va Xitoy harbiy kema- lari o’rtasida bir necha marta qurolli to’qnashuv sodir bo’lgan. Angliya metropo- liyadan ko’makchi harbiy qismlar etib ke- lishi b-n 1840 y. iyundan Xitoyga qarshi urush e’lon qilmasdan rejaviy harbiy harakatlarni boshlab yuborgan, ingliz- lar Guanchjou, Syamin, Ninbo sh.larini, Mintszyan va Yantszi daryolarining quyilish havzalarini qamal qilgan. 1840 y. iyulda Dinxay (Chjou-Shan o.larida) bosib olingan, avg.da ingliz kemalari Shim.dagi Tyantszin portiga kirgan, bu imperator saroyidagilarni sarosimaga solib qo’ygan. Lin Szesyuy Guandundagi vazifasidan ozod qilingan. Afyun sav- dosini taqiklash haqidagi 1840 y. noyab. dagi farmon bekor qilindi. Sulh shar- TNO-masi tuzish haqida yashirin ravishda inglizxitoy muzokaralari boshlab yubo- rilgan. Xitoy hukmron doiralarini yon bosishga majbur etish maqsadida 1841 y. yanv.da ingliz qo’mondonligi Guanch- Jou yaqinidagi bir necha istehkomlarni egallab olgan. Bunga javoban imperator rasmiy ravishda Angliyaga urush e’lon qilgan (1841 y. Fev.). Harbiy harakatlar, asosan, Guandun viloyatida bo’lgan. 1841 y. mayda Guanchjou r-nida kelishuv bi- TIMI imzolangan, lekin ingliz soldat va ofitserlari tinch aholini talashni davom ettirishgan. Bu Guandun, Futszyan, Szyansu va b. viloyat aholisining qurolli kurash boshlashiga sabab bo’lgan. 1841 y. avg. dan harbiy harakatlar qayta bosh- langan. Inglizlar Syamin, Ninboni bo- sib olganlar. 1842 y. iyunda usun (Shan- xay atrofida), Chjentszyan (Yan-Szida) istehkomlari egallangan. 1842 y. 29 avg. da Tsin xukumati teng huquqli bo’lmagan Nankin bitimini imzolagan. Bu urush Xitoy tarixida yangi davrni boshlab bergan: Xitoy jamiyati feodal (mulk- dorlik) jamiyatdan yarim mustamlaka va yarim feodal (mulkdor) jamiyatga aylana boshlagan; bu urushdan so’ng Xitoy xalqi 100 yildan ortiq davr mobaynida xorij davlatlari va ichki reaktsiyaning birlash- gan kuchlariga karshi kurash olib bordi.