Ingushiya, Ingushiya Respublikasi
Ingushiya, Ingushiya Respublikasi — Rossiya Federasiyasi tarkibidagi re- spublika. Mayd. 3,6 ming km2. Aholisi 317 ming kishi (1999). Poytaxti — Na- zran sh. Ma’muriy jihatdan 4 tuman, 3 shaharga bo’linadi. Davlat tuzumi. I. — respublika. Davlat boshlig’i — prezident. Qonun chiqaruvchi organi — Xalq Majlisi (par- lament). Ijrochi organi — hukumat. Tabiati. I. Katta Kavkaz tizmasi shim. yon bag’rining Markaziy qismida joylashgan. Iqlimi mo»tadil Kontinen – tal. O’rtacha t-ra: yanv.da — 3 dan -10° gacha, iyulda 21-23°. Yiliga 1200 mm gacha yog’in yog’adi. Asosiy daryosi — Sun- ja. Tekislikdagi tuprog’i — dasht tuprog’i. Tog’larda keng bargli o’rmonlar baland tog’o’tloqlariga tutashadi. Aholisi. Ingushlar (215 ming kishi), ruslar (14 ming kishi), chechenlar (13 ming kishi), turklar (2,4 ming kishi) va b. yashaydi. Ingushlar o’zlarini galgay deb ataydilar. Dindorlar Islom dini- ning sunna mazhabida. Tarixi. Ingushlar 7-a.da birinchi bor tilga olinadi. 9-a. oxiri — 13-a. boshlarida I. Alanlar davlati tar- kibiga kirgan. 16-a.ga qadar tog’larda alohi-da-alohida (Jerax, Fepin, Galga, Sorin, Mesxal) urug’qabila jamoalari- ga uyushib yashab kelgan. 16-17-a.larda aholi Sunja va Terek daryolari vodiyla- riga joylashgan. I. erlarini 1810 y.da Rossiya bosib olgan. 1921 y.dan RSFSR tarkibidagi tog’lilar ASSRga kiritil- gan. 1924 y.da I. Muxtor viloyati tuzil- gan. 1934 y.dan Chechen – Ingushiya Muxtor viloyati bo’lgan, 1936 y.da u ASSR ga ay- lantirilgan. I. 1942 y. kuzda nemislar tomonidan bosib olindi. 1943 y. yanv. da ozod etildi. 1944 y.da Chechen-Ingu- shiya ASSR tugatilib, aholisi 2-jahon urushi davrida bosqinchilarga yon bos- Di, degan tuhmat b-n zo’rlab O’rta Osiyo va Qozog’istonga ko’chirilgan. 1957 y.da Muxtor respublika tiklangan. 1990 y.da Chechen-Ingushiya ASSR Oliy Kengashi davlat suvereniteti haqida deklarasiya qabul qildi. 1992 y. dek.da I. Respubli- kasi tuzildi. Xo’jaligi. Iqtisodiyotida neft qazib olish, neft kimyosi, kimyo, gaz- ni qay-ta ishlash, metallsozlik, tri- kotaj, oziq-ovqat korxonalari muhim o’rinda turadi. Q.x., asosan, Sunja va Kam-bileevka daryolari vodiylarida ri- vojlangan. Makkajo’xori, bug’doy, suli, arpa, qand lavlagi, kungaboqar, kartosh- ka etishtiriladi. Bog’dorchilik va sabza- votchilik b-n ham shug’ullaniladi. Chor- vachiligida qoramol, qo’y (asosan, mayin tolali jun beradigan qo’ylar), cho’chqa boqiladi. Adabiyoti. Ingush xalqining o’ziga xos va boy og’zaki adabiyoti mavjud. Ammo yozma adabiyoti 20-a. boshlarida shak- llandi. 3. Malsagov (1894-1935) ning «O’g’irlangan qiz» pesasi (1923) ingush tilidagi birinchi bosma asardir. 30-y. larda S. Oziev, X. Mutaliev, J. Yandi- eV kabi shoirlar, A. Goygov, I. Bazorkin kabi adiblarning asarlari bosilib chik- Di. 2-jahon urushi yillaridaJ. Yandi- eV, M. Xashagulgov, I. Ba-zorkinlarning fashist bosqinchilarga nafrat ruhidagi asarlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. 50-y.lardan adabiyot badiiy yuksaklikka ko’tarildi, barcha zamonaviy janrlarda, ayniqsa roman janrida salmokli asar- lar yaratildi. Birinchi ingush romanna- visi S. Chaxkievning «Oltin ustunlar», «Bo’rining tunlari» asarlari ingush adabiyotida muhim voqea bo’ldi. Ular- ning birinchisida axloq-odob muammola- ri ko’tarilgan bo’lsa, ikkinchisi tarixiy mavzuda edi. I. Bazorkinning «Asriy zulmatlar osha» epopeyasi xalqning key- ingi bir asrlik hayoti va fikr-o’ylarini ifodalab bergan. 60-90-y.larda she’ri- yat badiiy jihatdan ancha yuksaldi, Pro- zada sermazmun ocherk, qissa, romanlar yaratildi.